Diqqat, profilaktika!
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank telekommunikatsiya tarmogʻiga ulangan tashkilotlar hamda tijorat banklari rahbarlariga Sizga shuni maʼlum qilamizki, Bank telekommunikatsiya tarmogʻini (BTT) modernizatsiya qilish hamda xavfsizlikni oshirish maqsadida marshrutizatorlarda dasturiy taʼminotni yangilash ishlari rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, 2026-yil 19-may kuni soat 01:00 dan 07:30 gacha Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida joylashgan BTT mijozlari aloqa kanallarida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzur soʻraymiz.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.