“BRB Turbo” aksiyasi o‘tkazilishi haqida
Hurmatli mijozlar!
“BRB Turbo” aksiyasi boshlanganini ma’lum qilamiz. Mazkur aksiya doirasida BRB bankda rasmiylashtirilgan yangi UZCARD kartalari egalari 100 litr AI-95 markali benzin qiymatiga teng pul mukofotini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Aksiyada ishtirok etish uchun 2026-yil 25-martdan 30-aprelga qadar BRB bankda istalgan yangi UZCARD kartasini rasmiylashtirish hamda ushbu karta orqali kamida 5 000 so‘mlik to‘lovni amalga oshirish lozim. Mazkur shartlar bajarilganda mijoz aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
Aksiya yakunlariga ko‘ra, 20 nafar g‘olib tasodifiy sonlar generatori orqali aniqlanadi. Har bir g‘olib AI-95 markali 100 litr benzin qiymatiga teng pul mukofotiga ega bo‘ladi. Aksiyaning umumiy sovrin jamg‘armasi 2 000 litr yoqilg‘i qiymatiga teng.
Kartani BRB mobil ilovasi orqali yoki bankning o‘zingizga qulay ofisida rasmiylashtirishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun 1254 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.