Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

E'lon

BRB “Omadli kredit” aksiyasini e’lon qiladi

04.08.2026
6 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan jismoniy shaxslar uchun “Omadli kredit” aksiyasini boshladi.

Aksiya davomida BRBning ipoteka, avtokredit, tijorat mikroqarzi yoki ta’lim krediti mahsulotlarini rasmiylashtirgan mijozlar 5 million so‘mlik pul mukofotini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Aksiyaning umumiy sovrin jamg‘armasi 175 million so‘mni tashkil etadi. Jami 35 nafar g‘olib aniqlanadi va ularning har biriga 5 million so‘mdan pul mukofoti taqdim etiladi. 

Aksiya qachon o‘tkaziladi?

“Omadli kredit” aksiyasi 2026-yil 1-avgustdan 30-dekabrgacha davom etadi.

Aksiya 5 bosqichda o‘tkaziladi:

Bosqich

Aksiya davri

1-bosqich

2026-yil 1-avgustdan 31-avgustgacha

2-bosqich

2026-yil 1-sentyabrdan 30-sentyabrgacha

3-bosqich

2026-yil 1-oktyabrdan 31-oktyabrgacha

4-bosqich

2026-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha

5-bosqich

2026-yil 1-dekabrdan 30-dekabrgacha

Har bir bosqichda aynan shu davr ichida tegishli kredit shartnomasini rasmiylashtirgan mijozlar ishtirok etadi. 

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Aksiyada 2026-yil 1-avgustdan 30-dekabrgacha BRB ofislarida quyidagi kredit mahsulotlaridan biri bo‘yicha kredit shartnomasini rasmiylashtirgan jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin:

  • ipoteka krediti;

  • avtokredit;

  • tijorat mikroqarzi;

  • ta’lim krediti.

Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, buning uchun alohida ro‘yxatdan o‘tish yoki qo‘shimcha to‘lov qilish talab etilmaydi. Kredit shartnomasi belgilangan aksiya davrida rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Bank xodimlarining aksiyadagi ishtiroki inobatga olinmaydi. 

Sovrinlar qanday taqsimlanadi?

Har bir bosqich yakunida 7 nafar g‘olib aniqlanadi.

Kredit turi

Har bir bosqichdagi g‘oliblar soni

Har bir g‘olibga beriladigan sovrin

Ipoteka krediti

3 nafar

5 000 000 so‘m

Avtokredit

2 nafar

5 000 000 so‘m

Tijorat mikroqarzi

1 nafar

5 000 000 so‘m

Ta’lim krediti

1 nafar

5 000 000 so‘m

Jami

7 nafar

35 000 000 so‘m

Mazkur tartib aksiyaning barcha 5 bosqichida qo‘llaniladi.

Shunday qilib, aksiya yakuniga qadar:

  • ipoteka krediti bo‘yicha — 15 nafar;

  • avtokredit bo‘yicha — 10 nafar;

  • tijorat mikroqarzi bo‘yicha — 5 nafar;

  • ta’lim krediti bo‘yicha — 5 nafar g‘olib aniqlanadi.

Jami sovrinlar soni — 35 ta, umumiy sovrin jamg‘armasi esa 175 million so‘m

G‘oliblar qanday aniqlanadi?

Har bir bosqich g‘oliblari aksiya qoidalariga muvofiq tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi.

Jarayonning xolisligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida g‘oliblarni aniqlash Bankning maxsus komissiyasi ishtirokida amalga oshiriladi.Har bir bosqich g‘oliblari tegishli davr yakunlangandan so‘ng, keyingi oyning 5-sanasiga qadar aniqlanadi. Natijalar BRBning veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi. 

Sovrinlar qanday topshiriladi?

Har bir g‘olibga 5 000 000 so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi.

Sovrin O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tegishli ushlanmalar hisobga olingan holda, Bank tomonidan Mustaqillik bayrami uchun maxsus chiqariladigan individual dizayndagi kobrend bank kartasiga o‘tkaziladi.

Pul mablag‘i bank kartasiga tushganligi haqidagi karta aylanmasi ma’lumoti sovrinni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi o‘rnida qabul qilinadi.

G‘olib sovrinni olishdan voz kechgan taqdirda, sovrin keyingi yaxshi natija qayd etgan ishtirokchiga beriladi. 

Muhim shartlar

Aksiya lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yin hisoblanmaydi.

Firibgarlik, til biriktirish, ma’lumotlarni soxtalashtirish yoki sovrin olishga qaratilgan boshqa vijdonsiz harakatlar aniqlangan taqdirda, Bank aksiya natijalarini bekor qilish, g‘olibni qayta aniqlash yoki ishtirokchini aksiyadan chetlashtirish huquqiga ega.

Bank aksiya qoidalariga o‘zgartirish kiritishi yoki aksiyani muddatidan oldin to‘xtatishi mumkin. Bunday holatlarda tegishli ma’lumotlar o‘zgarishlar kuchga kirishidan kamida 3 kun oldin Bankning veb-saytida e’lon qilinadi.

Aksiya davri Bank qaroriga muvofiq uzaytirilishi ham mumkin. Bunday holatda ishtirokchilarga qo‘shimcha ma’lumot beriladi. 

Kredit rasmiylashtiring va g‘oliblardan biriga aylaning

BRBning ipoteka, avtokredit, tijorat mikroqarzi yoki ta’lim krediti mahsulotlaridan birini rasmiylashtiring va “Omadli kredit” aksiyasida ishtirok eting.

Har bir bosqichda 7 nafar, aksiya davomida esa jami 35 nafar mijoz 5 million so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritadi.

Oferta shartnomasi 94.48 KB pdf


Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.