Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Yangiliklar

“BRB nafis ayollari” klubining birinchi fasl oʻquv dasturi yakuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

13.07.2024
3 min

Bugun, 13-iyul kuni Toshkentdagi “Intercontinental” mehmonxonasida Biznesni rivojlantirish banki tizimida faoliyat yuritayotgan ayollar uchun tashkil qilingan “BRB nafis ayollari” klubining birinchi fasl oʻquv dasturi yakuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda ushbu klub doirasida hududlarda boʻlib oʻtgan treninglarda faol qatnashgan 58 nafar saralab olingan ayollar hamda bank rahbariyati vakillari qatnashdi.

“BRB Nafis ayollari klubi” loyihasiga nomzodlar har bir mavsum uchun onlayn test sinovlari asosida saralanib, Bosh ofis va barcha hududlardan 61 nafar xotin-qizlar tanlab olindi. Bir mavsum 6 oy davom etdi hamda Hard va Soft skills yoʻnalishidagi treninglardan, amaliy mashqlardan, bank faoliyati boʻyicha biznes keyslar muhokamasidan iborat boʻldi. Shuningdek, loyiha davomida muvaffaqiyatli karyera va baxtli oila formulasini amalga oshirayotgan ayol tadbirkorlar, ayol rahbarlar, psixolog, motivator va madaniyat vakillari ham mashgʻulotlarga bevosita jalb etildi. Klub doirasidagi treninglarda qatnashgan 58 nafar ayol oʻquv dasturi yakuniga bagʻishlangan tadbirda qatnashdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun Anna Ubaydullayeva tomonidan Biznes etiketi, Ulugʻbek Muhammadiyev tomonidan Transformatsiya hamda bankning HR-departamenti direktori Asrorjon Azimov tomonidan Shaxsiy va jamoaviy samaradorlik mavzularida treninglar tashkil etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning barchasiga ushbu klubni muvaffaqiyatli yakunlagani toʻgʻrisidagi sertifikatlar taqdim etildi. Sertifikatlarni Biznesni rivojlantirish banki boshqaruv raisi oʻrinbosari Oybek Voxidov topshirdi. Ushbu klubni muvaffaqiyatli yakunlagan ayollar kelgusida rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilishi taʼkidlab oʻtildi.

2024-yilning yanvar oyida Biznesni rivojlantirish banki tizimida gender tenglikni taʼminlash, shuningdek, rahbar ayollar sonini koʻpaytirish, xotin-qizlarning kasbiy va shaxsiy oʻsishi, ularni psixologik va ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida “BRB Nafis ayollari klubi” loyihasiga asos solingandi. Loyiha ayol xodimlar uchun muvaffaqiyatli karyera hamda farovon va baxtli oilani parallel ravishda amalga oshirishga koʻmaklashishga qaratilgan.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.