Bank IT sohasidagi startaperlar va biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlamoqda
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB "BRB Fintech Hackcelerator" IT-tanlovini/Xakatonni boshlanganini e’lon qildi. Ushbu tadbir O‘zbekistonda IT-biznesni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion mahsulotlar yaratish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan. Xakaton Amity universiteti, Yandex, O‘zbekiston IT hamjamiyati va Veon AdTech kabi yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 300 mln. so‘m bo‘lgan ushbu xakaton uchun 200 ta jamoalardan ariza topshirilgan, ulardan jami 206 ta a’zosi bo‘lgan 47 ta jamoa tanlab olingan. Jamoalar yetakchi IT kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari, universitetlar va ta’lim muassasalarining kuchli vakillaridan tashkil topgan.
Bir oylik "BRB Fintech Hackcelerator” musobaqasi davomida yaratilgan mahsulotlar va yechimlar tadbirkorlar uchun innovatsion xizmatlarni yaratish, ularga yangi imkoniyatlarni ochishga yordam berishi kutilmoqda.
47 ta jamoani bir oylik intensiv ish kutmoqda, ular yetakchi mentorlardan maslahat va ko‘rsatmalar olgan holda o‘z potensiallarini ochish va yaratiladigan IT-mahsulotlar uchun maqbul yechimlarni topishni ko‘zlashgan.
Biznesni rivojlantirish bankining ushbu tadbirdan asosiy maqsadi O‘zbekistonda IT-biznesni, startaperlarni va dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishdan iborat. "BRB Fintech Hackcelerator"ni har yili o‘tkazish xamda innovatsion mahsulotlar yaratiladigan xamda tajriba almashinadigan maydonga aylantirish rejalashtirilgan.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.