Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

Biz bank xizmatlarini siz uchun yanada qulay va tezkor qilish maqsadida sun'iy intellekt asosida ishlab chiqilgan «BDB-GPT» AI Chat-Botni "beta-testlash" sinovlarini boshladik.

«BDB-GPT» AI Chat-Botning asosiy qulayliklari:

✔️Do'stona tarzda, aniq ma'lumot olish: Bank xizmatlari, mahsulotlari va ularning tariflari haqida so'ralgan ma'lumotlarni aniq, do'stona tarzda, “bank mutaxassisi bilan gaplashgandek” olishingiz mumkin.

✔️Kunu tun yordam: Chat-bot 24 soat davomida, haftada 7 kun faol bo'lib, sizga yordam berishga tayyor.

✔️Vaqtni tejash: Endi telefon navbatini kutishning hojati yo'q - siz o'zingizga kerakli ma'lumotni onlayn, bir necha soniya ichida olishingiz mumkin.

Beta-sinovda qatnashish nima uchun muhim?

Chat-bot bank mijozlari uchun ishlab chiqilmoqda. Shu bois, uni sinovdan o'tkazish jarayonida sizdan kelgan fikr va takliflar uni yanada yaxshilashga yordam beradi. Sinovlarda faol ishtirok etgan va eng konstruktiv takliflarni kiritgan foydalanuvchilarni maxsus mukofot bilan taqdirlanadi!

❗️❗️❗️ Qanday qatnashish mumkin?

Beta-sinovda ishtirok etish juda oson. Siz quyidagi telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilish orqali batafsil ma'lumot olishingiz va sinovda ishtirok etishingiz mumkin:

☎️ 1254 raqamiga qo'ng'iroq qiling

Yoki (78) 150-00-55 raqamiga murojaat qiling.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.