Bank axborot texnologiyalarini rivojlantirish uchun hamkorlikni kengaytirmoqda
“Biznesni rivojlantirish banki”, “BRB Tech” kompaniyasi va “O‘zbekiston IT hamjamiyati” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirishadi:
• IT sohasidagi mutaxassislar uchun xakaton tadbirlarini o‘tkazish;
• Sunʼiy intellekt texnologiyalarini bank sohasiga joriy etish yo‘nalishida o‘rganishlarni amalga oshirish;
• Bank uchun IT mutaxassislarni tayyorlashda amaliy ishlarni bajarish;
• O‘zaro manfaatli qo‘shma anjumanlar, tadbirlar, seminarlar, akademik mashg‘ulotlar tashkil etish;
• Ilimiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
• Mamlakatimizda axborot texnologiyalari jamiyatini yanada rivojlantirish uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlarni tatbiq etish;
• O‘zaro kelishuv bo‘yicha boshqa yo‘nalishlar.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston IT hamjamiyati 6000 dan ortiq IT mutaxassislar va 200 ta volonterlardan iborat mamlakatdagi eng yirik IT hamjamiyati bo‘lib, O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va qo‘llashga kirishgan IT mutaxassislar, tadbirkorlar, talabalar, kompaniya va tashkilotlarni birlashtiruvchi kuch hisoblanadi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar

Milliy libos chellenjini jizzaxlik hamkasblarimiz davom ettirdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.