Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
E'lon

“BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATB AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

22.10.2024
4 min

Hurmatli aksiyadorlar!

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB (keyingi - o‘rinlarda Bank) Kuzatuv kengashining 2024-yil 26-sentabrdagi qaroriga muvofiq nominal qiymati 119,25 (Bir yuz o‘n to‘qqiz so‘m 25 tiyin) so‘mlik 22 755 616 440 (Yigirma ikki milliard yetti yuz ellik besh million olti yuz o‘n olti ming to‘rt yuz qirq) dona oddiy aksiyalarni chiqarilishi O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi tomonidan 2024-yil 17-oktabr kuni № R0006-32 son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini ma’lum qilamiz.

Aksiyalar chiqarilishi qaroriga asosan Bank aksiyalari aksiyadorlarga imtiyozli sotib olish huquqi taqdim etish bilan yopiq obuna orqali joylashtiriladi.

Qo‘shimcha chiqarilayotgan aksiyalarni sotib olishda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 35-36-moddalariga asosan Bank aksiyadorlariga imtiyozli sotib olish huquqi beriladi. Imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati bildirishnoma e’lon qilingan paytdan e’tiboran 10 (o‘n) kun davomida amal qiladi.

Bank aksiyalarini imtiyozli sotib olish huquqiga ega shaxslarning ro‘yxati 2024-yil 26-sentabr holatiga shakllantirilgan Bank aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi.

Aksiyalar 119,25 (Bir yuz o‘n to‘qqiz so‘m 25 tiyin) so‘m qiymatda joylashtiriladi.

Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlar aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining ismi – sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aksiyalarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni Bankga yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqlidirlar. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Bankga taqdim etilishi kerak.

Aksiyadorlar aksiyalar uchun to‘lovlarni ularga to‘lanadigan dividendlar hisobidan amalga oshirish huquqiga egalar.

Bank aksiyadorlari olishga haqli bo‘lgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:

A/25 157 232 705=B

22 755 616 440*B=C

Shunda:

25 157 232 705 – Bank ustav kapitalidagi umumiy aksiyalar soni;

22 755 616 440 – qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalar umumiy soni;

A – aksiyadorning Bank ustav kapitalidagi aksiyalari soni;

V – Bank ustav kapitaliga mutanosib ravishda aksiyalar soni;

C – imtiyozli huquq qo‘llanilganda aksiyador tomonidan sotib olinadigan aksiyalar soni.

Imtiyozli huquq amalga oshirilgan taqdirda, aksiyadorlar aksiyalarning faqat butun miqdorini olishi mumkin.

Aksiyadorlar qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun Bankga murojaat qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998 (78) 150-76-65.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.