Bino rekonstruksiyasi va kapital taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini, loyiha chizmalarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini amalga oshirish xizmatini xarid qilish haqida
TANLASH O’TKAZILISHI TO’G’RISIDA E’LON
1. ““Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Toshkent sh., Shayxontohur tumani, “Chorsu” MFY, Beruniy koʻchasi, 2a-uyda joylashgan umumiy maydoni 20 574 kv.m boʻlgan 13 qavatli binosini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini, loyiha chizmalarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini amalga oshirish” xizmatini xarid qilish bo‘yicha eng yaxshi taklifni tanlash (tanlash) o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon qiladi.
2. Tanlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrdagi
888-sonli qarori hamda bankning ichki qaroriga muvofiq shaklda o‘tkaziladi.
3. Xaridning boshlang‘ich narxi: 2 600 000 000,0 (ikki milliard olti yuz million) so‘m (QQS va boshqa soliqlar bilan birgalikda).
4. Tanlashni o‘tkazish manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A.
5. Tanlash tashkilotchisi (Buyurtmachi): “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18A. tel.: 78-1509339. Ichki raqam 363.
6. Tanlash ishtirokchisiga bo‘lgan talablar: Xarid hujjatiga muvofiq bo‘lgan har qanday tashkilot ishtirokchi bo‘lishi mumkin.
7. Tanlash o‘tkazish shartlari va tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot xarid xujjatida keltirilgan. Xarid hujjatlarini Buyurtmachining saytida (TT / XH ) yuklab olish mumkin.
8. Takliflar 2025-yil 27-mart Toshkent vaqti bilan 12-00 gacha qabul qilinadi.
9. Takliflar rasmiylashtirilishi bo‘yicha talablar: takliflar yopiq konvertlarda elimlangan joylarida ishtirokchining muhri bilan taqdim etiladi. Takliflarni rasmiylashtirilishi bo‘yicha batafsil talablar xarid hujjatida bayon etilgan.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.