Bankda talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Biznesni rivojlantirish bankining Toshkent shahar hududiy filialida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 20 ga yaqin professional hamda oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bank tizimi va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, amaliy tajriba almashish hamda kadrlar tayyorlash jarayonini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishdan iborat.
Uchrashuv davomida mehmonlarga bank faoliyati, mijozlarga ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy instrumentlar hamda raqamli yechimlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, o‘zaro fikr va takliflar almashildi.
Shuningdek, bankda olib borilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari, tajriba almashish hamda bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirildi.
Mazkur uchrashuv ta’lim va moliya sohasi integratsiyasini kuchaytirish, malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Telegram’da xavfsizlikni oshiring: bulutli parolni o‘rnating!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.