Bank bo‘linmalarini ochish va ko‘chirish to‘g‘risida
Bank boshqaruvini 2024-yil 9-sentabrdagi 173/1-sonli qaroriga asosan yangi tashkil etilgan 2-toifali BXMlar va boshqa manzilga ko‘chirilayotgan 2-toifali BXM to‘g‘risida ma’lum qilamiz.
Bankning quyidagi hududiy tarkibiy bo‘linmalari:
1. “Chimboy” 2-toifali bank xizmatlari markazi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy tumani, Jipek joli MFY, I.Yusupov Guzari 35А-uy manzilida;
2. “Yakkabog‘” 2-toifali bank xizmatlari markazi – Qashqadaryo viloyat hududida – Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani, Ayg‘irkul MFY, Gulshan ko‘chasi 149-uy manzilida;
3. “G‘azalkent” 2-toifali bank xizmatlari markazi – Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahri, A.Temur ko‘chasi manzilida tashkil etilsin.
4. Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani, Yangi qo‘rg‘on MFY, Bog‘i eram ko‘chasi, 11- uyda joylashgan “Buvayda” 2-toifali bank xizmatlari markazini Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani, Yangiqo‘rg‘on MFY, Bog‘i eram ko‘chasi, 205-uy.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni 78-150-93-39, 78-150-39-93 yoki 1254 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Barcha yangiliklar
Serverlar uchun uzluksiz elektr manbai (UPS) qurilmalarini sotib olish
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.