Axborotlashtirish qurilmalari (printer 3/1)ni xarid qilish
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan 290 dona axborotlashtirish qurilmalari (ko‘p funksiyali printer 3/1)ni xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Hozirda loyihani byudjetlashtirish maqsadida, ishlab chiqilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq axborotlashtirish qurilmalarini potentsial yetkazib beruvchilarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan qurilmalar yetkazib beruvchilardan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etishni so‘raymiz.
Tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddati va toʻlov shartlarini koʻrsatilishi lozim.
Tijorat taklifini xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2025-yil 26-iyun soat 18-00 ga qadar.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.