“AQR”-(asset quality review)” bo‘yicha xizmatlarni xarid qilish
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Moliyaviy diagnostika qilish va aktivlarni sifatini tahlil qilish “AQR”-(asset quality review)” bo‘yicha xizmatlarni xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Hozirda loyihani byudjetlashtirish maqsadida, ishlab chiqilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlar potentsial yetkazib beruvchilarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlar yetkazib beruvchilardan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etishni so‘raymiz.
Tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddati va toʻlov shartlarini koʻrsatilishi lozim.
Tijorat taklifini xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2025-yil 8-oktabr soat 18-00 ga qadar.
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.