Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bagʻishlangan ijodiy uchrashuv
Bugun, 2026-yil 9-aprel kuni "Biznesni rivojlantirish banki" ATB bosh ofisida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi hamda "Payshanba – Yoshlar kuni" munosabati bilan “Biz kim, mulki Turon!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda bank tiizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar faxriy mehmon — Oʻzbekiston xalq shoiri, taniqli adib Xurshid Davron ishtirok etdi.
Tarix va zamonaviy bank tizimi uygʻunligi
Tadbir ochilishida Sohibqiron davlatchilik siyosatining bugungi bank-moliya va soliq tizimi bilan bogʻliq jihatlariga alohida toʻxtalib oʻtildi. Xususan, "Temur tuzuklari"dagi iqtisodiy tamoyillar — yangi yer oʻzlashtirgan tadbirkorlarga berilgan (soliq) imtiyozlar(i), savdogarlar uchun joriy etilgan kafolat tizimlari va Temuriylar pul birligi (valyuta)ning xalqaro nufuzi bugungi bank islohotlari uchun tarixiy asos boʻlib xizmat qilishi taʼkidlandi.
Xususan, “Temur tuzuklari”ga koʻra, yangi yerni oʻzlashtirgan tadbirkorlardan uch yilgacha soliq olinmagan. Bu – bugungi imtiyozli kreditlash va soliq imtiyozlarining tarixiy namunasidir.
Buyuk ipak yoʻlida qaroqchilar tomonidan savdogarlarning moli talansa, zararni oʻsha hudud hokimligi qoplagan. Bu – zamonaviy sugʻurta va bank kafolatlari tizimi demakdir.
Adabiyot va tarix darsi
Tadbirning asosiy qismida Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron soʻzga chiqib, Amir Temur shaxsiyati, uning maʼnaviy merosi va Temuriylar davri madaniyati haqida qimmatli maʼlumotlarni oʻrtoqlashdi. Adib oʻzining "Samarqand xayoli", "Bibixonim qissasi" kabi asarlari orqali tarixning nomaʼlum sahifalarini yoshlarga jonli va taʼsirli tarzda soʻzlab berdi.
Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
Tadbir davomida bank yoshlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, rahbariyat tomonidan har bir bank xodimiga davlatchilik va boshqaruv sanʼatining noyob manbasi boʻlgan “Temur tuzuklari” asarini mutolaa qilish tavsiya etildi.
Mazkur uchrashuv bank xodimlarida milliy oʻzlikni anglash, vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish hamda ajdodlar merosiga hurmat ruhini shakllantirishda muhim qadam boʻldi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Karyera kuni: talabalar bilan uchrashuv
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.