Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Aloqa kanallaridan kelgan murojaatlar tezkor hal etilmoqda

28.10.2026
•
3 min

Bank faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʻminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish maqsadida bankda korrupsion holatlar haqida xabar berishga moʻljallangan 4 ta aloqa kanallari tashkil etilgan. Mazkur aloqa kanallari orqali fuqarolar va boshqa manfaatdor shaxslarning sohaga oid murojaatlarini qabul qilish, ularni belgilangan tartibda oʻrganish hamda yuzaga kelayotgan masalalar boʻyicha tegishli choralarni koʻrish imkoniyati yaratilgan.

Ushbu aloqa kanallari aholi va mijozlar bilan samarali muloqotni taʻminlash, ularning fikr-mulohazalari, takliflari va shikoyatlarini qabul qilish, shuningdek, bank faoliyatida shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Hisobot davrida mazkur aloqa kanallari orqali bankka jami 11 ta xabar va murojaat kelib tushgan. Ularning 7 tasi Telegram bot orqali, 4 tasi esa Ishonch liniyasi orqali qabul qilingan.

Kelib tushgan murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng koʻp murojaat Qashqadaryo viloyatidan kelib tushgani aniqlandi. Mazkur hudud hissasiga jami 3 ta murojaat toʻgʻri kelgan. Toshkent shahri va Fargʻona viloyatidan 2 tadan murojaat qabul qilingan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Andijon viloyati va Samarqand viloyatining har biridan 1 tadan murojaat kelib tushgan.

Kelib tushgan jami 11 ta xabar va murojaat belgilangan tartibda oʻrganib chiqildi. Oʻrganish jarayonida murojaatlarning mazmuni, ularda bayon etilgan holatlar hamda mavjud maʻlumotlar tahlil qilindi. Tahlil natijalariga koʻra, koʻrib chiqilgan murojaatlar doirasida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlar va korrupsion alomatlar aniqlanmadi.

Mazkur murojaatlar taaluqliligi boʻyicha tegishli departamentlarga yoʻnaltirilmoqda va oʻrganish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mavjud aloqa kanallarining samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish bank Komplayens nazorat xizmatining asosiy vazifalardan biri boʻlib qoladi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.