Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
E'lon

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi

10.07.2024
3 min

2024-yil 31-iyul kuni soat 15.00 dan boshlab “Biznesni rivojlantirish banki” ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Aksiyadorlar 2024-yil 31-iyul kuni soat 14.00 dan 15.00 gacha ro‘yxatga olinadi. Bank joylashgan manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 18-A uy. 

Umumiy yig‘ilish kun tartibi: 

1. Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Bank Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.

3. Bank ustaviga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.

4. E’lon qilinadigan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.

5. ““Biznesni rivojlantirish banki” ATB Kuzatuv kengashi a’zolariga mukofot va kompensatsiya mablag‘larini to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizomni (yangi tahriri) tasdiqlash.

6. Bankda korporativ boshqaruv tizimini 2023 yil yakuniga ko‘ra o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

7. Bankning tarkibiy tuzilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqlash to‘g‘risida.

 Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat, vakillari esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2024-yil 25-iyul holatiga ko‘ra tuziladi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Kuzatuv Kengashining 2024-yil 8-iyuldagi qaroriga asosan:

1. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida bank aksiyadorlarini xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2024-yil 8-iyul.

2. Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil 25-iyul.

Murojaat uchun telefon: (78) 150-76-65                                                                                                                                                                                                             

           Bank Kuzatuv kengashi

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.