2025-yilda erishilgan natijalar haqida axborot berildi
Joriy yilning 26-mart kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2025-yildagi faoliyati yakunlari muhokamasiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda bank Boshqaruvi aʼzolari, bank tarkibiy tuzilmalari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Qayd etildiki, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bank-moliya tizimida hayotga tatbiq qilinayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi sifatida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlari va aholi uchun qoʻshimcha daromad manbalarini yaratish kabi oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishib kelmoqda. Buni oʻtgan – 2025-yilda bank tomonidan erishilgan natijalar yaqqol koʻrsatib turibdi.
Xususan, 2026-yil 1-yanvar holatiga bankning umumiy kapitali 5,27 trln soʻmga yetdi. Bu oʻtgan yilga nisbatan qariyb 25%ga oʻsishni anglatib, bankning moliyaviy barqarorligi va ichki resurslari mustahkamlanib borayotganini koʻrsatadi.
Hisobot yilida bank aktivlari ham sezilarli darajada oʻsdi, yaʼni jami aktivlar 38 trln 167 mlrd 731 mln soʻmga yetdi. Shu tariqa jami aktivlar 2024-yilga nisbatan 6 trln 34 mlrd soʻmga oshdi va bu 18,8 foizga oʻsish demakdir.
Daromad keltiruvchi aktivlar esa 32 trln 184 mlrd 800 mln soʻmga yetdi. Bu borada 2024-yilga nisbatan 20,1 foiz yoki 5 trln 382 mlrd soʻmga oʻsish kuzatildi. Daromad keltiruvchi aktivlarning bank jami aktivlaridagi ulushi 84,3 foizini tashkil qildi.
Shu bilan birga, depozit bazasi 41,6 %ga oʻsib, depozitlar qoldigʻi 15 trln 241 mlrd 180 mln soʻmga yetgan. Shundan, 4 trln 197 mlrd 471 mln soʻmi jismoniy shaxslar omonati.
Bank tomonidan 2025-yilda ajratilgan 10,38 trln soʻmlik kredit mablagʻlari iqtisodiyotning turli sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilgani eʼtirof etildi.
2025-yilda bankning kredit qoʻyilmalari 24 trln 551 mlrd 958 mln soʻmga yetdi. Bu esa, 2024-yilga nisbatan 2 trln 25 mlrd 327 mln soʻmga yoki 8,9 foizga oʻsishga erishilganini anglatadi.
Bank tomonidan amalga oshirilgan kreditlash ishlari natijalari haqida ham atroflicha maʼlumot berildi.
Xususan, “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 7 601 nafar tadbirkorga 820 mlrd soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi. Buning natijasida 7 809 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Qayd etildiki, Biznesni rivojlantirish bankiga respublika boʻyicha 610 ta mahalla biriktirilgan boʻlib, 2025-yilda mazkur mahallalarda jami 5 trln 215 mlrd soʻm miqdorda kredit ajratilib, ularning natijasida 262 ming 293 nafar aholi bandligi taʼminlandi. Shundan 97 ming 328 nafari doimiy ishga joylashtirilgan boʻlsa, 164 ming 965 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.
Shu bilan birga, “Sayxunobod tajribasi” asosida xonadonbay ishlash tizimi orqali jami 6 689 ta moliyaviy paket, shu jumladan 28 012 ta mikroloyiha amalga oshirilib, umumiy qiymati 704 mlrd soʻmlik kreditlar ajratildi. Natijada, 57 604 nafar aholining doimiy bandligi taʼminlandi.
Oʻz navbatida, “Uychi tajribasi” doirasida 1 368 ta uchrashuv oʻtkazilib, ular doirasida 5 620 ta murojaat koʻrib chiqildi va hal qilindi. Buning natijasida 8 688 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Bank tomonidan hisobot davrida xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ayol tadbirkor” kredit mahsuloti joriy qilindi va bu orqali orqali 1 530 nafar tadbirkor ayolga 192,4 mlrd soʻm kredit mablagʻlari ajratildi. Eʼtiborlisi, mazkur mablagʻlar hisobidan 2 300 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Umuman olganda, bank tomonidan 2025-yilda 10 trln 380 mlrd soʻm kredit ajratildi.
Shuningdek, 6 919 nafar fuqaroga 1 trln 892 mlrd soʻmlik ipoteka kreditlari ajratildi. Jumladan, 3 039 nafar fuqaroga 909,5 mlrd soʻmlik ipoteka kreditlari subsidiya asosida taqdim etildi. Qayd etish joizki, ipoteka kreditlari oʻtgan yilga nisbatan 202 foizga yoki 953,1 mlrd soʻmga koʻp ajratildi.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Telegram’da xavfsizlikni oshiring: bulutli parolni o‘rnating!
Moliyaviy xavfsizlik — bu ehtiyotkorlikdan boshlanadi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.